close
Kontent qismiga oʻtish

Kvazar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Image
Oʻsayotgan kvazar, NASA badiiy tasviri.
Image
Kvazar oʻzagi, Hubble teleskopi olgan suratlar

Kvazar (inglizcha: quasar, quasi-stellar radio source "yulduzsimon radiomanbai") juda uzoqda joylashgan va katta energiyali faol galaktik yadrodir. Kvazarlar nihoyatda yorqin boʻladi. Ular taratayotgan elektromagnit energiya yulduzlarnikiga oʻxshaydi, shuning uchun ularni avvaliga yulduz, deb oʻylashgan.

Kvazarlarni 1950-yillar oxirlarida topishgan, bugunga kelib bizga maʼlum bunday jismlar soni 200 mingdan oshib ketgan.